Johid Zarifo'g'li (Cahit Zarifoğlu): Manzillar

So‘zing va yo‘ling boshchashmasi ruhimning,
Jonim ichra sevinch berar so‘zlaring.
Hatto, boqqanim — tog‘lar o‘yi ham yig‘latar meni,
Qancha buyrug‘ingga o‘ransam, shuncha hurman sultonim.
Ishqing ming ko‘zli devga bir bosh ekan,
Yum har ko‘zingni uyqularu suhbatdan.
Tin ol ey Zarif, tadbir uchun ko‘p so‘zlading,
Bu nuqsonli aql bilan bu qanday jur’at qilganing?…


Abdulatif Abdullayev tarjimasi
https://ziyouz.uz/jahon-sheriyati/turk-sheriyati/johid-zarifogli

Hiç yorum yok:

Yorum Gönder